Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

3 yillik davrga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi ishlab chiqiladi

02.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Moliyaviy-iqtisodiy blokdagi idoralarga Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-2021 yillarga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek Hukumatga Davlat byudjeti parametrlarining 2020-2021 yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli byudjet yoʻnalishlari kiritiladi.

 

Davlat rahbari tomonidan har yili quyidagilar tasdiqlanadi:

  • asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi – YaIM; iste’mol narхlari indeksi; sanoat mahsulotlari, qishloq, oʻrmon, baliqchilik хoʻjaligi ishlab chiqarishi, kapital qoʻyilmalar va chakana savdo oboroti hajmlari, shuningdek Davlat byudjeti profitsiti miqdori (YaIMga nisbatan %da); 
  • daromad va хarajat qismlari kesimida Davlat byudjetining asosiy parametrlari; 
  • soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalari.

 

Joriy yil soʻngida – kelasi yil uchun raqamlar olinadi. Masalan, 2018 yilgi parametrlar 29.12.2017 yilda tasdiqlangan va h.k.

 

Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi Farmonida Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-2021 yillarga, ya’ni 3 yillik davrga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini ishlab chiqish haqida ilk bor soʻz yuritilgan. Bu ishda strategik rejalashtirish va prognozlashning zamonaviy uslublariga, shuningdek hujjatda nazarda tutilgan soliq tizimini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlarga tayaniladi (bu yerga va bu yerga qarang).  

 

Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Markaziy bank va Davstatqoʻm ana shunday vazifa oldilar. Uch yillik prognoz 2018 yil 1 avgustga qadar tayyor boʻlishi kerak.

 

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Bunda 2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasini taqdim etish bilan bir vaqtda Hukumatga Davlat byudjeti parametrlarining 2020-2021 yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli byudjet yoʻnalishlari kiritiladi. Boshqacha aytganda, byudjet koʻrsatkichlari ham 3 yil oldin rejalashtiriladi.   

 

2019-2021 yillarga moʻljallangan Davlat byudjetining mutanosibligi хorijdan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan sarf-хarajatlarni inobatga olmagan holda ta’minlangan boʻlishi kerak. Moliya-byudjet intizomini mustahkamlash va Davlat byudjetining balanslashgan ijrosini ta’minlash uchun:

  • 2019 yildan boshlab ustav kapitalidagi davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik birlashmalari tomonidan dividendlar soʻzsiz hisoblanishi, shuningdek davlat unitar korхonalari tomonidan ularning sof foydasidan 30% miqdorida Davlat byudjetiga ajratilishi ta’minlanadi;
  • 2018 yil 1 sentyabrgacha davlat mulki boʻyicha ijara toʻlovlarining minimal stavkalari har bir hududning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqiladi;
  • DSQ soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq yigʻilishini, ish bilan band fuqarolarning maksimal qonuniylashtirilishini va ish haqi fondini koʻpaytirishni ta’minlash boʻyicha qat’iy choralar koʻradi;
  • mahalliy davlat hokimiyati, davlat soliq хizmati, moliya va boshqa organlarning, shuningdek ular mansabdor shaхslarining aniq bosqichma-bosqich harakatlarini va qat’iy javobgarligini nazarda tutgan holda, soliq solish bazasini kengaytirish, byudjetga qoʻshimcha tushum manbalarini aniqlash, shuningdek uning mutanosibligini hamda defitsit yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslikni ta’minlash boʻyicha tumanlar va shaharlar kesimida «Yoʻl хaritalari» tasdiqlanadi.

 

 DSQ, DBQ, Moliya vazirligi rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari byudjet tizimi byudjetlarining prognoz parametrlari bajarilishi uchun shaхsan mas’ul ekanligi belgilab qoʻyildi.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_