Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun statistika hisobotining qanday shakllari tasdiqlangan 2026 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi AOSdan stavkalar boʻyicha AOSga qanday oʻtish mumkin Retsept bilan beriladigan dorilar uchun QR-kodli retseptni qanday olish mumkin

Abdulla Avloniy nomidagi yangi davlat stipendiyasi ta’sis etildi

11.09.2025

Rus tilida oʻqish

10.09.2025 yilda Prezidentning PQ-162-sonli “Pedagogik yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. 

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistonda ma’rifatparvar va ulugʻ pedagog Abdulla Avloniy nomidagi yangi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

 

Stipendiya har bir pedagogik yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasasi bakalavriatining oхirgi ikki kursida tahsil olayotgan bir nafar talabaga beriladi. Nomzodlar tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.1993 yildagi PF–555-son “Oʻzbekistonda yoshlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Shu tariqa, ushbu stipendiya pedagog kadrlar tayyorlash tizimida istiqbolli talabalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yana bir muhim vositasiga aylanadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2025 yildan kuchga kirdi.

Saodat Usmanova