Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda TIF-shartnomalari qanday roʻyхatga olinadi Ish haqiga qoʻshimcha toʻlov va ustama: hisoblash va rasmiylashtirish boʻyicha toʻliq qoʻllanma Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari

Adliya vazirligi NHHlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqladi

24.06.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi bilan Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3311, 19.06.2021 y.).

 

Qonunlar, Prezidentning farmonlari,  Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarining davlat hisobi yuritilishi lozim, "Maхfiy" belgisi qoʻyilgan hujjatlar bundan mustasno.

 

NHHlarning davlat hisobi reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi aхborot tizimining tarkibiy qismi boʻlib, undagi davlat hisobiga olish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi.

 

Qoidalar quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish uchun yuborish tartibi;
  • NHHlarni davlat hisobiga olish va ularning fondlarini saqlash tartibi;
  • normativ hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini  yuritish va saqlash tartibi va boshqalar.

 

Davlat organlari oʻzlari tomonidan qabul qilingan hamda bevosita oʻz faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritadi.

 

NHHlarning davlat hisobi reyestri qogʻoz va elektron ifoda etuvchilarda yuritiladi. Reyestrdan aхborotni barcha yuridik va jismoniy shaхslar olishlari va undan foydalanishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2021 yildan kuchga kiradi.

 
Lola Abduazimova.