Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Agrar soha olimlariga yerlar – faqat maqsadli foydalanish uchun

06.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Yer kodeksiga uch oydan keyin kuchga kiradigan qoʻshimchalar kiritildi (4.03.2019 yildagi OʻRQ–526-son Qonun).

 

Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq хoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalarini berish tartibi belgilandi.

 

Ularga qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida beriladi. Ular uchastkalarni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas, ulardan ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq хoʻjaligini yuritish va ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun foydalanishlari shart.

 

Sanab oʻtilgan muassasalarga berilgan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 6.06.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.