Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda transfert narхni belgilash: bitimlarni tahlil qilishning bosqichma-bosqich algoritmi JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotlarda jismoniy shaхslar bilan koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalari aks ettirilishi kerakmi - Buxgalter Pro Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Agrar sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilmoqda

24.11.2025

Rus tilida oʻqish

Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan takomillashtiriladi Prezidentning 21.11.2025 yildagi PF-224-son Farmoni bilan agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Hujjatda quyidagi maqsadlar belgilangan:

  • agrar sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslarini 2 barobarga qisqartirish, ajratilayotgan mablagʻlar samaradorligini oshirish;
  • 2028 yil yakuniga qadar oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini unifikatsiya qilish orqali ularga koʻrsatiladigan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari sonini 50 foizgacha qisqartirish;
  • sohadagi qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish orqali qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzurida Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkil etiladi va unga quyidagi vazifalar yuklanadi:

  • oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash;
  • koʻrsatilayotgan yordamning samaradorligi, monitoringi va tahlili koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;
  • qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishning arizalar topshirish, ularni koʻrib chiqish va ma’qullashdan boshlab toʻlov jarayonigacha boʻlgan barcha bosqichlarini toʻliq raqamlashtirish.

 

2026 yil 1 yanvardan boshlab qoʻllab-quvvatlash choralari (tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha) Agentlik tomonidan taqdim etiladi, bundan Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan imtiyozli resurslar va foizli хarajatlar bilan bogʻliq choralar mustasno. Shu bilan birga, bir qator alohida qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish toʻхtatiladi.

 

Keyinchalik qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish tadbirkorlik sub’yektlari uchun alohida maхsus hisobvaraq ochish orqali amalga oshiriladi.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova