Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi asosida pochta manzilini onlayn oʻzgartirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro

Agrosanoat majmuida tekshiruvlar oʻtkazish soddalashtirildi

04.10.2018

Rus tilida oʻqish


Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (bundan keyin – Inspeksiya) biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga ega boʻldi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon). 

 

Idora vakolatiga kiradigan barcha masalalar yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Inspeksiya 11 ta yoʻnalishda faoliyat olib boradi va 84 ta funksiyani bajaradi, ularning aksariyati – nazorat funksiyalari. Masalan, qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha tashkilotlarda qishloq хoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqarish, olib kirish, saqlash va sotish ustidan nazoratni amalga oshirish (Inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomga qarang).

 

Bunda tekshiruvlar bildirish tartibida, ya’ni prokuratura organlari bilan oldindan kelishilmay oʻtkaziladi. Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5490-son Farmoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_