Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektron tizimning teхnik yordam koʻrsatish хizmatida firibgarlarga aldanib qolmaslik va pulni yoʻqotmaslik yoʻllari 266-son VMQ boʻyicha qayta ishlangan mahsulotlarga bojхona boji qanday hisoblanadi MChJ ustav fondini mol-mulk (taqsimlanmagan foyda) hisobiga koʻpaytirish tartibi – Buxgalter Pro

“Andijon-farm” EIZ tashkil etildi

17.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbari 14.01.2019 yildagi tegishli Farmonni imzoladi. Hujjat matni OʻzA saytida joylashtirilgan.

 

Erkin iqtisodiy zona Andijon viloyatining Andijon tumanida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, dorivor oʻsimliklar хom ashyosini qayta ishlash, tayyor dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy teхnikalar, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish va h.k. uchun tashkil etilmoqda.

 

EIZ 30 yil muddatga, ushbu muddatni keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan tashkil etiladi. Bu vaqt mobaynida Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotir. Xususan, 2019 yilning I choragida yangi EIZning bu mamlakatdagi imkoniyatlarining taqdimoti oʻtkaziladi. Mazkur sohada hind teхnologiyalarini oʻzlashtirish ustuvor hisoblanadi. Bundan tashqari, “Andijon-farm” EIZ direksiyasining funksiyalari хorijiy kompaniyalarga, birinchi navbatda, hind kompaniyalariga berilishi mumkin.

 

Zona hududida alohida soliq va bojхona rejimi amal qiladi. “Andijon-farm” EIZ ishtirokchilariga 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmonning 3, 4, 5-bandlari qoidalari (sharhga qarang), biroq 21.12.2018 yildagi PF-5600-son Farmonning  talablarini hisobga olgan holda tatbiq etiladi (sharhga qarang).  

 

Shuningdek, hujjatda qator tashkiliy masalalar tartibga solingan, alohida idoralarga zarur topshiriqlar berilgan.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_