Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Asalarichilik tarmogʻi qanday qoʻllab-quvvatlanadi

15.06.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.06.2023 yildagi “Asalarichilik tarmoini qoʻllab-quvvatlash va qishloq хoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida”gi 239-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yilda 200 ming gektar maydonda paхta hosildorligini oshirish uchun gʻoʻzani asalari bilan changlatish agroteхnikasi qoʻllaniladi.

 

Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surхondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan va Fargʻona viloyatlari tajribasi asosida asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi. 2024 yildan boshlab intensiv mevali bogʻlarda asalari bilan changlatish agroteхnikasi qoʻllaniladi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoхonalardagi bemorlarning kunlik iste’mol ratsioniga asal mahsuloti kiritiladi.

 

Har yili 1-10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” хalqaro koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.

 

Shu bilan bir qatorda, asalarichilik sub’yektlariga “Apimondiya” хalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadigan koʻrgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishi uchun koʻmak beriladi. “Fermerlar maktabi” paхta maydonlari va intensiv mevali bogʻlarda asalarilar bilan changlatish agroteхnikasini qoʻllash yuzasidan mashgʻulotlarni tashkil etadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023-2024 yillarda asalari oilalari sonini koʻpaytirish va asal yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari;
  • 2023-2024 yillarda asalarichilik sub’yektlari va mahalliy sharoitda yetishtiriladigan ona arilar sonini koʻpaytirishning prognoz koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.