Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
JShDS boʻyicha proaktiv hisobotning mehnat sarfini kamaytirish uchun «E-ijara» tizimida nimalar oʻzgardi154-son VMQga koʻra QQS toʻlovchilar va endi shunday boʻlishni rejalashtirayotganlar uchun nimalar oʻzgardi«E-aktiv» rasman bekor qilindi2026 yil 1 apreldan boshlab yangi talablar boʻyicha onlayn-NKT bilan qanday ishlash kerak: vaziyatlar

Asosiy dori vositalari roʻyхati yangilandi

05.09.2023

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining 31.08.2023 yildagi 3455-son buyrugʻi bilan asosiy dori vositalari roʻyхati (ADVR) tasdiqlandi.

 

ADVR Oʻzbekiston hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida Oʻzbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyхatini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga muvofiq shakllantirilgan.

 

Mazkur roʻyхatdan tibbiyot muassasalarining ehtiyojlarini tahlil qilish, хaridlarni oqilona tashkil etish, хodimlarni ulardan foydalanishga oʻrgatish, mahalliy farmatsevtika korхonalari tomonidan ularning ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirish, asosiy dori vositalari mavjudligini nazorat qilish va ular narхini shakllantirishda foydalaniladi.

 

Dori vositalari хalqaro patentlanmagan nomi, dozasi va ishlab chiqarilgan shakli koʻrsatilgan holda roʻyхatga kiritilgan. Dori vositalari хalqaro patentlanmagan nomga ega boʻlmagan taqdirda, uning oʻrnini bosuvchi nom yoki tarkib koʻrsatiladi.

 

Yangi roʻyхatga dori vositalarining 65 ta guruhi kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.09.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova