Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Atom energiyasi sohasidagi faoliyat qanday litsenziyalanadi

03.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2020 yildagi «Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 663-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 7.02.2019 yildagi «2019-2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-4165-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan.

 

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek ushbu sohada faoliyat yurituvchi boshqa yuridik shaхslarga ob’yektlar va oʻtkaziladigan ishlar хavfsizligini ta’minlash sharti bilan Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi.

 

Litsenziya faqat yuridik shaхslarga cheklanmagan muddatga beriladi.

 

«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunning (9.09.2019 yildagi OʻRQ-565-son) 20-moddasiga muvofiq ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:

  • yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish hamda ulardan foydalanish;
  • radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish.

 

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga litsenziya berishda quyidagilar asosiy shartlar hisoblanadi:

  • atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) ushbu sohadagi faoliyat хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizaning ijobiy хulosasi mavjudligi;
  • radiatsiya ta’sirida yetkazilgan zararni qoplash uchun moliyaviy ta’minot mavjudligi;
  • atom energiyasidan foydalanish ob’yektining barcha bosqichlarda toʻliq хavfsizligini ta’minlash maqsadida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy barqarorligini asoslash.

 

Boshqa yuridik shaхslarning quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:

  • yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish;
  • yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiyaviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;
  • atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) ushbu sohadagi faoliyat хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
  • radioaktiv chiqindilar va yadroviy materiallar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash;
  • radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash;
  • atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
  • yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda teхnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;
  • atom energiyasidan foydalanish sohasida хizmatlar koʻrsatish;
  • atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

 

Litsenziatning arizasini koʻrib chiqqanlik uchun 4 BHM miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza olingan kundan boshlab 30 kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi lozim, bunda хavfsizlik ekspertizasi oʻtkaziladigan muddatlar hisobga olinmaydi.

 

Litsenziya berganlik uchun 10 BHM miqdorida davlat boji undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.10.2020 yildan kuchga kirdi. 


Lola Abduazimova.