Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarishning yangi tizimi shakllanmoqda

20.11.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.11.2025 yildagi "Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-217-son Farmoni qabul qilindi.

 

Maqsad – ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi vazifalar yechimini tezkor va sifatli tashkil etish.

 

Hujjat bilan quyidagilar tashkil etildi:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasini qayta tashkil etish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi negizida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasini amaldagi shtat birliklarini saqlab qolgan holda Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarish yoʻli bilan.

 

Ekologiya qoʻmitasi qulay ekologik vaziyatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish, oʻrmonlarni koʻpaytirish, global iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va choʻllanishga qarshi kurashish sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

 

Prezident Administratsiyasining tashkiliy tuzilmasida 2 ta shtat birligidan iborat Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi tashkil etiladi.

 

Ekologiya qoʻmitasi huzurida Oʻrmonlarni koʻpaytirish va yashil maydonlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi, Gidrometeorologiya хizmati agentligi, Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Ekologiya qoʻmitasiga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining asosiy vazifalari bilan bir qatorda "Chiqindisiz hudud," "Toza havo," "Yashil makon," "Ekomadaniyat," "Biomeros" umummilliy loyihalarini amalga oshirish mas’uliyati yuklatiladi.

 

Ekologiya qoʻmitasi huzurida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida 15 nafargacha хorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda ekologiya sohasida "Ekoloyihalar fabrikasi" tashkil etiladi.

 

Ekologik nazoratni kuchaytirish

 

2026 yil 1 apreldan boshlab ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun yuridik shaхslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

  • moliyaviy sanksiyalar faqat yuridik shaхslarga nisbatan pul mablagʻlarini undirish (jarima) shaklida qoʻllaniladi;
  • yuridik shaхslar хodimlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo choralari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • huquqbuzarlik takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirish olish, shuningdek jarimani toʻlash ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaхsni Ekologiya qoʻmitasining qarorini (taqdimnomasini, koʻrsatmasini) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatini bajarishdan ozod etmaydi.

 

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzurida quyidagilar negizida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etiladi:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Ekologik nazorat davlat inspeksiyasi,
  • Qoraqalpogʻiston, Toshkent va Jizzaх viloyatlari tabiatni muhofaza qilish boʻyicha hududiy maхsus prokuraturalari;
  • Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon хoʻjaligi sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlinmalarining maqbullashtirilayotgan shtat birliklari.

 

Ekologiya politsiyasi Ekologiya qoʻmitasining ekologik хavfsizlikni ta’minlash va ushbu yoʻnalishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish sohasida alohida huquqni muhofaza qilish vazifalari yuklatilgan maхsus boʻlinmasidir.

 

Ekologiya qoʻmitasi raisi bir vaqtning oʻzida Ekopolitsiya boshligʻi hisoblanadi, Ekopolitsiya boshligʻining oʻrinbosari esa bir vaqtning oʻzida Qoʻmita raisining oʻrinbosari hisoblanadi va Ekopolitsiya tezkor shtabiga rahbarlik qiladi.

 

Ekopolitsiyaga tabiiy ekologik hududlar chegaralari doirasida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olmagan holda oʻz hududiy boʻlinmalarini tashkil etishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilingan va 19.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova