Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Auditor sertifikati kimga imtihonsiz beriladi

28.12.2018

Rus tilida oʻqish

Malaka sertifikatini  berishning yangi tartibi moliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3105, 21.12.2018 y.) bilan tasdiqlandi va 2019 yil 23 martdan kuchga kiradi.

 

Bu tartib qanday oʻzgarishi mumkinligi haqida biz ilgari Moliya vazirligi  tegishli nizomning yangi tahriri loyihasini e’lon qilganda yozgan edik (sharhga qarang).

 

Hujjatning tasdiqlangan tahririning asosiy jihatlari:

  • auditorlar malakasini oshirish dasturi 60 soatdan 40 soatgacha qisqartirildi;
  • хalqaro buхgalter sertifikatlari egalariga sertifikat berish va uni uzaytirishning soddalashtirilgan tartib-taomili joriy etildi: ular malaka imtihonini topshirishlari zarur emas;
  • potensial auditor javob berishi kerak boʻlgan malaka talablari oʻzgardi;
  • malaka imtihonini topshirishga ariza beruvchilardan endi tasdiqlangan shakl boʻyicha soʻrovnoma talab qilinmaydi;
  • malaka sertifikatini berish uchun yigʻim miqdori EKIHning 1,5 baravaridan EKIHning 0,5 baravarigacha pasaytirildi;
  • malaka imtiхoni elektron test sinovi usulida oʻtkaziladi va videoyozuvga (ovozli) tushiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.03.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Batafsil – buxgalter.uz saytida.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_