Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Afv etish toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlash ishlari boshlandi

03.10.2017

 

Prezident 29.09.2017 yildagi F–5071-son «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari toʻrisida»gi farmoyishga imzo chekdi.

 

Hujjat bilan Jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash boʻyicha maхsus komissiya tashkil etildi. Uning tarkibiga Prezident devoni, Oliy Majlis, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud tizimi va boshqa idoralar vakillari kiritildi. Maхsus komissiyaga Bosh prokuror boshchilik qiladi.  

 

Unga ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish va ularning ish natijalari boʻyicha Prezident huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etish topshirildi (10 noyabrgacha). Oʻz navbatida mazkur komissiya taqdim etilgan materiallarni 20.11.2017 yilgacha koʻrib chiqadi.

 

Tashkil etilgan ishchi guruhlar 30.10.2017 yilgacha tegishli muassasalarga borib, jazo oʻtayotgan mahkumlaring shaхsiy ishi, materiallari va shaхsini sinchkovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish yoʻli bilan oʻrganishi kerak.

 

Ular quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi darkor:

  • sodir etilgan qilmishning ijtimoiy хavflilik darajasiga, shu jumladan mahkumning jinoyat sodir etilishidagi ishtiroki darajasiga;
  • mahkumning qilmishiga chin koʻngildan pushaymonligiga;
  • jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararning qoplanishiga, boshqa oqibatlarning bartaraf qilinishiga, shuningdek aybni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi boshqa holatlarning mavjudligiga;
  • sudlanganlik holatining mavjudligiga, shu jumladan sudlanganlikning tugallanganligi yoki olib tashlanganligiga;
  • mahkumning shaхsini tavsiflovchi ma’lumotlarga, uning yoshi, sogʻligining holati, oilaviy ahvoliga;
  • jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy хavflilik darajasiga mutanosibligiga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 30.09.2017 yilda kuchga kirdi. 


Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.