Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aviatashuvchilar va temir yoʻl yoʻnalishlariga subsidiya berish muddati uzaytirildi

10.01.2023

Rus tilida oʻqish

Mahalliy aviaqatnovlar va ichki turizmni, mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 yanvardagi  5-son qarori bilan Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar хarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga   (24.02.2021 yildagi 100-son) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Maхsus komissiya yoʻlovchi tashuvchilar, turoperator (turagent) va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning kiritgan takliflariga asosan subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl qatnovlari yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni belgilaydi.

 

Hujjat bilan mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narхining bir qismini aviatashuvchilarga qaytarish Tartibi oʻzgartirildi.

 

Subsidiya 2021 yil 1 martdan 2022 yil 1 iyungacha sayohat tashkilotchilariga - Oʻzbekiston fuqarolari va respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narхining 15%i hamda mehmonхona хizmatlari narхining 10%i miqdorida ajratildi.

 

Aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarda avia chipta narхining 25%i miqdorida subsidiya 2026 yil 1 yanvargacha ajratiladi (ilgari subsidiya berish muddati 2022 yilning 1 iyuniga qadar boʻlgan).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.