Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan QQSga oʻtish: salbiy farq va hisobga olingan QQSni nima qilish kerak 2026 yil sentyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi «Toshkent» XMM: kimlar ishtirokchi boʻlishi mumkin va yangi qonun qanday imtiyozlar beradi

Aviatashuvchilarga aviachipta narхining bir qismi qaytariladi

14.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.05.2025 yildagi «Mintaqaviy aviatashuvlarni va ichki turizmni yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 302-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan 24.02.2021 yildagi 100-son VMQga muvofiq Uzbekistan Airways uchun ichki qatnovlarga belgilangan maхsus tariflar va subsidiyalar Oʻzbekistonning barcha rezident aviatashuvchilariga tatbiq etiladi.

 

Xususan, ularga ham ichki qatnovlarga ekonom-klass chiptalari narхining 25 foizi qaytariladi. Bunda yoʻnalishlar, chipta narхlari va subsidiya miqdorlarini maхsus komissiya tasdiqlaydi.

 

Tegishli oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 24.02.2021 yildagi «Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 100-son qaroriga kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova