Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomaktablar oʻqituvchilari qanday malaka oshiradilar

06.03.2023

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3421, 02.03.2023 y.).

 

Nizomga asosan, Ta’lim tashkilotlari oʻqituvchi va haydovchi-yoʻriqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan (har 3 yilda bir marta ) amalga oshiriladi.

 

Kurslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – IIV Akademiyasida, qolgan viloyatlarda –IIV akademik litseylarida tashkil etiladi.

 

Bunda oʻqish tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.

 

Oʻquv jarayoni 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.

 

Oʻqish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza beradilar. Talabgorning arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqiladi, hujjatlarda yoki talablarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor oʻrtasida shartnoma tuziladi.

 

Toʻlovlarning quyidagi miqdorlari belgilandi:

  • haydovchi-yoʻriqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming soʻm);
  • oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln soʻm), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln soʻm).

 

Tyutor (oʻqituvchi-konsultant) tinglovchilarga ularning oʻquv jarayonida ishtirokini ta’minlash hamda oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda yaqindan yordam beradi.

 

Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.03.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.