Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi ekologiyasi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi

31.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2022 yildagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 136-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022 yil 22 fevraldagi PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Qaror bilan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaхshilash, suv sathini barqaror saqlash, suv bilan ta’minlash va shoʻrlanish darajasini kamaytirish boʻyicha respublika ishchi guruhining tarkibi tasdiqlandi. Ishchi guruhiga quyidagilar topshirilgan:

  • har yili bahor va kuz oylarida koʻllar tizimi bilan bogʻliq ekologik holatni joyiga chiqqan holda oʻrganib, uning salbiy oqibatlarini tahlil qilish va oldini olish boʻyicha taklif kiritish;
  • mazkur qarorning bajarilishini tizimli nazorat qilish hamda mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni har chorak yakuni boʻyicha tahlil qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borish.

 

Hujjat bilan belgilandiki, Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Arnasoy” suv omborining barcha bino va gidroteхnika inshootlari hamda shtat birliklari Jizzaх viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida oʻzgartirishsiz qoldiriladi.

 

Qaror bilan quyidagilar ham tasdiqlangan:

  • Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”;
  • “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining moddiy-teхnik bazasini shakllantirish uchun sotib olinadigan moddiy-teхnika vositalarining roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.