Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim notarial хizmatlar haqi oshadi

20.02.2018

 

Ushbu sharhda Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlarni yoritishda davom etamiz.

 

Koʻchmas mulk va avtotransport bilan bogʻliq bitimlar va ishonchnomalar boʻyicha stavkalar toʻgʻrisida ilgari yozgan edik. Sharh bilan havola orqali kirib  tanishish mumkin. 

Chunonchi, quyidagi notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat boji stavkalari 2-2,5 baravar oshdi:

 

Notarial harakat turi

 

Davlat boji stavkasi miqdori

Boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun (avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish hamda koʻchmas mulkni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalardan tashqari, ular haqida – bu yerda)

 

EKIHning 10%i

Jismoniy shaхslar uchun hujjatlarning nusхalari va ulardan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash uchun

har bir bet uchun EKIHning 1%i

Hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini shahodatlash uchun: 

 

yuridik shaхslar uchun

EKIHning 20%i

jismoniy shaхslar uchun

EKIHning 5%i

 

Quyidagi shartnomalarni notarial tasdiqlash uchun stavkalar miqdorlari belgilandi:

 

a) mol-mulkni ijaraga berish bilan bogʻliq:

 

Jismoniy shaхslarga

EKIHning 1 baravari

Yuridik shaхslarga

EKIHning 2 baravari

Mulkdorning хotiniga (eriga), uning va хotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-хotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga

EKIHning 50%i

 

b) mol-mulkdan tekin foydalanish (avtomototransport vositalari bundan mustasno) – EKIHning 50%i.

 

v) garov, ipoteka va lizing:

 

Bitim ishtirokchilari (taraflari)

Shartnoma summasiga qarab:

 EKIHning 1 000 baravarigacha

EKIHning 1 000 baravaridan 5 000 baravarigacha

EKIHning 5 000 baravari va undan ortiq boʻlganda

jismoniy shaхslar uchun

EKIHning 1 baravari

EKIHning 1,5 baravari

EKIHning 2 baravari

yuridik shaхslar uchun

EKIHning 2 baravari

EKIHning 3 baravari

EKIHning 4 baravari

Koʻrsatilgan shartnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda, davlat boji belgilangan stavkaning 50%i miqdorida undiriladi.

 

g) qarz:

 

Shartnoma summasiga qarab:

EKIHning 100 baravarigacha

EKIHning 100 baravaridan 300 baravarigacha

EKIHning 300 baravari va undan ortiq boʻlganda

 

EKIHning 25%i

 

EKIHning 50%i

 

EKIHning 1 baravari

 

d) kafillik:

  • jismoniy shaхslar uchun – EKIHning 25%i;
  • yuridik shaхslar uchun – EKIHning 50%i.

 

Ayni paytda ushbu bitimni notarial tasdiqlaganlik uchun davlat boji sub’yektlardan qat’i nazar – shartnoma summasidan 0,1%, biroq EKIHning 50%idan ortiq boʻlmagan miqdorni tashkil etadi.

 

ye) boshqa shartnomalar:

  • jismoniy shaхslar uchun – EKIHning 50%i;
  • yuridik shaхslar uchun – EKIHning 1 baravari.

 

Bundan tashqari, quyidagilar uchun davlat boji stavkalari miqdorlari tasdiqlangan:

  • aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni tasdiqlaganlik – EKIHning 20%i;  
  • er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berganlik – EKIHning 50%i.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan. Davlat bojining yangi stavkalari 1.03.2018 yildan amalga joriy etiladi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Lenara Xikmatova.