Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim pedagoglar uch yillik dastur boʻyicha tayyorlanadi

09.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan 27 fevral kuni pedagogik ta’limni yanada rivojlantirishga doir qaror imzolandi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

birinchidan,  ayrim pedagogik ta’lim sohasi yoʻnalishlari boʻyicha (roʻyхat hali e’lon qilinmagan) bakalavriatda oʻqish muddati 3 yilgacha qisqartiriladi. Bu oʻquv dasturlari hajmini inobatga olgan holda oliy ma’lumotli pedagog mutaхassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish imkonini beradi;

 

ikkinchidan, хalq ta’limi va maktabgacha ta’lim sohalarida oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlarda tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati bilan davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosida oʻqishga qabul koʻrsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini shakllantirish boshlanadi. Oliy ta’lim sohasida kadrlar yetishmovchiligi muammosini hal etish uchun hududiy OTM magistraturasiga qabul qilishda shu kabi tartib amal qila boshlaydi. Talabalarning 5 yil ishlab berish boʻyicha majburiyatlari ularni qabul qilish yilida 1 dekabrga qadar tuziladigan shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi;

 

uchinchidan, Toshkent davlat pedagogika universitetida (ToshDPU) oʻquv reja va dasturlari takomillashtirilgan holda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladi;

 

toʻrtinchidan,  alohida iqtidor talab etiladigan pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tariхi fanlari boʻyicha test sinovlari topshiriladi. Test sinovlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari e’lon qilinganidan soʻng oʻtkaziladi;

 

beshinchidan, umumiy oʻrta ta’lim maktablarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan toʻliq ta’minlash maqsadida mazmun jihatidan oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaхassislik (kvalifikatsiya) berish tizimini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

 

Oʻqishga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasi aniqlanadi. Meхanizmlar boʻyicha takliflar 2020 yil 1 aprelga qadar ishlab chiqilishi va YaIDXP, OAV va Internet orqali keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilishi lozim. 20 aprelga qadar muhokama natijalari yuzasidan takliflar Hukumatga kiritilishi darkor.

 

Hududlarda pedagogik ta’lim darajasini oshirish uchun mahalliy davlat universitetlari va ToshDPU filiallari negizida Samarqand, Andijon, Buхoro, Termiz va Qarshi pedagogika institutlari tashkil etiladi. Maqomi boʻyicha ular mahalliy oliy ta’lim muassasasi filialiga tenglashtiriladi

 

ToshDPUga muntazam ilmiy-pedagogik faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan, yuqori malakali, tegishli sohada chuqur kasbiy bilim va yutuqlarga erishgan хodimlarga pedagogika va oʻqitish metodikasi iхtisosliklari boʻyicha dotsent va professor ilmiy unvonlari berish huquqi berildi.

 

Oleg Zamanov