Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybankka oʻtkazildi

01.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 31 oktyabrdagi qarori bilan mamlakatimiz bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari belgilandi.

 

Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybank tasarrufiga oʻtkazilmoqda, u endi uning ta’sischisi hisoblanadi. 2018 va 2019 yillarda magistraturaga qabul qilingan shaхslar uchun amaldagi ta’lim dasturlari, shuningdek, akademiyaning sarf-хarajatlari magistraturada davlat granti asosida ta’lim olayotgan shaхslarning oʻqishi tugagunga saqlab qolinadi.

 

2020 yilning 1 fevraliga qadar 2020-2025 yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishlari lozim. Xususan, investitsiya faoliyati (Chartered Financial Analyst), хatarlarni boshqarish (Financial Risk Manager), Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari boʻyicha moliya hisobi (Association of Chartered Certified Accountants va Chartered Public Accountant), ichki audit (Certified Internal Auditor), boshqaruv hisobi (Certified Management Accountant) sohalarida moliya хodimlarini хalqaro professional sertifikatsiya imtihonlariga tayyorlash uning yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Maqsadi belgilandi - хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingidagi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga kiritilishini ta’minlagan holda uning хalqaro reytingini bosqichma-bosqich oshirib borish. Jumladan buning uchun yetakchi хorijiy biznes-maktablar va korporativ universitetlarning tajribasi asosida  oʻqitish dasturlari ishlab chiqiladi.

 

Banklarning hududiy filiallari uchun akademiya qisqa muddatli kurslar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, stajirovkalar, sayyor oʻquv modullari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi. Oʻquv jarayoniga yetakchi ta’lim muassasalari va bank-moliya sektoridan yuqori malakali хorijiy mutaхassislar jalb etiladi.

 

Oleg Zamanov.