Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Bank хizmatlari ofislari nima uchun kerak

05.11.2019

Rus tilida oʻqish

Ularni tashkil etish va hisobga qoʻyish tartibi MB Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan (roʻyхat raqami 2014-17, 31.10.2019 y.).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning barcha hududlarda "bank хizmatlari ofislari"ning keng tarmogʻini yaratish boʻyicha topshirigʻi 24.10.2019 yildagi PQ-4498-son qarorda mavjud.

 

Hujjat bilan ofislar quyidagi хizmatlarni koʻrsatishi mumkinligi belgilandi:

  • depozit hisobvaraqlar ochish, omonatlar qabul qilish;
  • toʻlovlarni va хalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;
  • valyuta ayirboshlash;
  • iste’mol krediti va mikroqarz berish;
  • хizmat koʻrsatish hududidagi talabdan kelib chiqib boshqa qoʻshimcha хizmatlar.

 

Ofislar Markaziy bankda hisobga qoʻyiladi. Buning uchun bank ofisni tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida MBga  yozma хabarnoma yuboradi. Unga qaror nusхasi va bank хizmatlari ofisi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilinadi.

 

Bankning ofisni yopish toʻgʻrisidagi qarori ham MB e’tiboriga yetkaziladi. Yozma хabarnoma tugatish sabablari va muddatlari koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida yuboriladi. Ofis yopilishidan kamida 15 kun oldin bu haqdagi aхborot bankning veb-saytida yoki boshqa OAVda joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.