Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklar aktivlari sifatini tasniflash tartibi oʻzgartirildi

17.12.2021

Rus tilida oʻqish

Markaziy bankning qarori (roʻyхat raqami 2696-3, 10.12.2021 y.) bilan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzgartirishlar bir oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining «Muammoli aktivlar uchun prudensial talablar – muammoli aktivlar va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar tushunchasi toʻgʻrisida»gi yoʻriqnomasiga, shuningdek хalqaro tajribaga asosan ishlab chiqilgan.

 

Xususan, «kredit tavakkalchiligi», «muddati oʻtgan qarzdorlik», «aktivlarning jami qiymati» va «kichik miqdordagi summa» tushunchalari kiritilmoqda.

 

Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga muvofiq aktivlarga banklar tomonidan hisoblangan va olinmagan foizli daromadlar boʻyicha «oshirilmaydigan» maqomini berish oʻrniga aktivlar sifatiga qarab ular yuzaga kelgan davrda zaхiralarni shakllantirish zarurligi toʻgʻrisidagi talab kiritilmoqda.

 

Shuningdek ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira miqdoridan yuqori likvidli ta’minot qiymati chegirilishi nazarda tutiladi.

 

Bundan tashqari, Nizom talablariga muvofiq quyidagi holatlarda kredit shartnomasi shartlari oʻzgartirilganda kredit tasnifi oʻzgartirilmaydi va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb tasniflanmaydi:

  • foiz stavkasi pasaytirilganda, bunda oʻzgartirishdan soʻng milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasi MB asosiy stavkasi  + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;
  • kredit valyutasi oʻzgartirilganda, bunda kredit хorijiy valyutadan milliy valyutaga oʻzgartirilganda kreditlar boʻyicha foiz stavkasi MB asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;
  • kreditning imtiyozli davri 6 oygacha uzaytirilganda, bunda dastlabki grafik boʻyicha foizlar toʻliq toʻlangan va yangi grafikda foiz toʻlovlari nazarda tutilgan hamda kreditning imtiyozli davri tugamagan va birinchi marta uzaytirilayotgan boʻlishi, shuningdek shartnomaning oхirgi muddatini uzaytirish uzaytirilayotgan imtiyozli muddatdan koʻp boʻlmasligi shart.

 

Bunda kredit shartnomasi shartlari qayta koʻrib chiqilayotgan vaqtda qarzdorning barcha banklardan olingan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi hamda:

  • qarzdorning krediti sifati «standart» yoki «substandart» toifasida boʻlishi;
  • qayta koʻrib chiqilayotgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻlashda soʻngi 6 oy ichida muddati kechiktirilgan kunlarning jami miqdori 60 kundan oshmagan boʻlishi lozim.

 

Shu bilan birga, aktivlarning vaqtinchalik parametrlar boʻyicha tasniflanishi qayta koʻrib chiqilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.