Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklar uchun qanday mulk zarur hisoblanmaydi

12.06.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan “Tijorat banklari tomonidan koʻchmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga, shuningdek yuridik shaхslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qilindi (08.06.2023 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3441).

 

Bank faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriyati mavjud boʻlmagan (foydalanilmaydigan) koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklarga quyidagilar kiradi:

  • sotib olingan yer;
  • garov hisobidan undirilgan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar;
  • kredit va lizing boʻyicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korхonalar koʻchmas mulki va boshqa mol-mulklari;
  • ijara daromadini olish va kapital oʻsishi uchun yoki har ikki maqsad uchun moʻljallangan koʻchmas mulklar;
  • bank faoliyatini amalga oshirish uchun sotib olingan, biroq bank faoliyatida va (yoki) mulkka qilingan investitsiya sifatida 3 yildan ortiq muddatda foydalanilmayotgan koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklar.  

 

Banklar bank faoliyatini amalga oshirish uchun zaruriyati mavjud boʻlmagan (foydalanilmaydigan) mulkni 3 yil ichida sotish choralarini koʻrishi yoki ulardan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi zarur.

 

Banklar mulkni, shuningdek sotib olingan yuridik shaхslarning ustav kapitalidagi ulushlarini yoki aksiyalarining hisobini yuritishi va bu toʻgʻrisidagi hisobotlarni har oyda Markaziy bankka taqdim etib borishi lozim.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.09.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.