Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklararo elektron operatsiyalar qanday oʻtkaziladi

17.05.2018

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (12.05.2018 yilda 3010-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi.



Ilgari banklararo elektron operatsiyalar Pul resurslarining banklararo elektron bozorida operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (oʻz kuchini yoʻqotgan) bilan tartibga solingan. Yangilari uch oydan keyin amal qila boshlaydi.


Ma’lumot uchun: banklararo bozor tizimining maqsadi Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan elektron birja savdolari oʻtkazish orqali pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish operatsiyalarini amalga oshirish hisoblanadi.

 

Yangi tahrirda taklif etilayotgan asosiy muhim farqlarni koʻrsatib oʻtamiz.

 

Birinchidan, banklararo elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazish bilan valyuta birjasi shugʻullanadi. Uning oʻzi savdo ishtirokchilariga tegishli dasturiy ta’minotni, shuningdek tizimda ishlash uchun login va parollarni taqdim etadi. Hozir ushbu vazifalarni infratuzilmadagi boʻlinma – ma’mur bajarmoqda. Shu tariqa, banklararo elektron bozordagi operatsiyalarni ishtirokchilarning ish joyidan ham, valyuta birjasi savdo zalidagi ish joyidan ham amalga oshirish mumkin boʻladi.



Ikkinchidan, pul bozoridagi operatsiyalar amalga oshirilishiga asos boʻladigan Bosh bitim mazmuniga doir talablar belgilandi. Unda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

  • foiz toʻlovlarini hisoblash, ularni toʻlash tartibi va muddatlari;
  • amal qilish muddati;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlar;
  • tijorat banklari oʻrtasidagi oʻzaro tuziladigan birja bitimlari uchun majburiy shartlar.


Uchinchidan, birja savdolarini oʻtkazish vaqti oʻzgaradi. Hozir ishtirokchilar barcha operatsiyalarni soat 9.00 dan 18.00 gacha oʻtkazishlari mumkin. Yangi tartibga binoan banklararo toʻlov tizimi ish vaqti yakunlanishiga 30 daqiqa qolguniga qadar, ya’ni soat 15.30 gacha ulgurish zarur boʻladi.


Toʻrtinchidan, savdo ishtirokchilari oʻrtasida bitim tuzish uchun dastlabki buyurtma berish taomili aniqlashtirildi. Munosib kontragentni izlash uchun tizimga elektron shaklda tegishli buyurtmalar – pul mablagʻlarini jalb etish va (yoki) joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflar kiritiladi. Buyurtmalarda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

  • jalb etiladigan/joylashtiriladigan pul mablagʻlari miqdori va muddati;
  • valyuta turi;
  • foiz stavkasi va foiz toʻlovlarini toʻlash muddati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2018 yildan kuchga kiradi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_