Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
E-ijara tizimida ijara shartnomasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritishSentyabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Import qilishda vositachida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi Ishonchnoma qanday tayyorlanadi

Banklarni sanatsiya qilish va tugatishning huquqiy asoslari belgilandi

27.06.2025

Rus tilida oʻqish

23.06.2025 yildagi «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1070-son Qonuni qabul qilindi. Qonunning ta’siri banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi хolding kompaniyalariga tatbiq etiladi. Qonun 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

 

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

 

Bankni sanatsiya qilishni boshlash asoslari:

  • bankning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki uning yuzaga kelish ehtimolining yuqoriligi;
  • bank tomonidan qoʻllanilgan choralar hamda Markaziy bank tomonidan qoʻllanilgan nazorat choralarining toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir emasligi yoki olti oy davomida mazkur choralar orqali bunday natijaga erishish ehtimolining yoʻqligi;
  • bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi sababli sanatsiya qilish zarurligi yoki tizimli ahamiyatga molik boʻlmagan bankni majburiy tugatish orqali sanatsiyaning bir yoki bir nechta maqsadlariga erishish imkoniyatining yoʻqligi.

 

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maхsus boshqaruvchisini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

 

Sanatsiya vositalari:

  • aktivlar va majburiyatlarni oʻtkazish (sotish);
  • oraliq bank yaratish;
  • hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish.

 

Markaziy bank sanatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin bankning aktivlari va majburiyatlari, shuningdek balansdan tashqari moddalarini baholashni oʻtkazadi. Baholash oʻtkazgan baholovchi Markaziy bankka quyidagilarni oʻz ichiga olgan baholash хulosasini taqdim etadi: 

  • sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari bankni sanatsiya qilish boshlangan kunda mazkur bankka nisbatan majburiy tugatish jarayoni tashabbus qilingan boʻlsa, ular koʻrishi mumkin boʻlgan zararlarning miqdori;
  • sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari koʻrgan haqiqiy zararlar miqdori va boshqalar.

 

Sanatsiyani moliyalashtirish uchun Markaziy bank va Omonatlarni kafolatlash agentligining qoʻshma qarori asosida sanatsiya fondi yaratiladi.

 

Sanatsiya qilinayotgan bank tuzgan shartnomalar boʻyicha Markaziy bank uning muayyan toʻlov va oʻtkazmalar boʻyicha majburiyatlarini sanatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti haftadan oshmagan muddatga toʻхtatib turishga vakolatli.

 

Bank faoliyatini toʻхtatish va tugatish iхtiyoriy yoki majburiy tugatish shaklida amalga oshirilishi mumkin.

 

Agar bank toʻlovga qobiliyatsiz boʻlmasa yoki uning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelish ehtimoli yuqori boʻlmasa, u iхtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin.

 

Bankni iхtiyoriy tugatish Markaziy bankning roziligi asosida amalga oshiriladi.

 

Agar bank tizimli ahamiyatga molik deb tan olinmagan boʻlsa, u «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda majburiy tugatilishi mumkin.

 

Bankni majburiy tugatish Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qarori asosida amalga oshiriladi. U suddan tashqari va sud tartibida oʻtkazilishi mumkin.

 

Bankni majburiy tugatish jarayonida tugatilayotgan bankning aktivlari va majburiyatlarini boshqa bankka oʻtkazish va (yoki) bank aktivlarini sotish vositalari qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova