Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Behzod tavalludining 565 yilligini nishonlash yuzasidan nimalar rejalashtirilgan

22.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

2020 yil oktyabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlash yuzasidan bayram tadbirlari rejalashtirilgan.

 

Bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan maхsus tashkil etilgan tashkiliy qoʻmita shugʻullanadi. Bayram sanasiga tayyorgarlik koʻrish doirasida:

  • Toshkent shahrining koʻchalaridan biriga uning nomi beriladi;
  • Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi хiyobonining zamonaviy qiyofada qayta tashkil etiladi (uning hududidagi haykal 2022 yilda bronzaga oʻtkaziladi);
  • hayoti va ijodi hamda uning Sharq tasviriy san’atiga qoʻshgan beqiyos hissasiga bagʻishlangan hujjatli film markaziy TV-kanallarda namoyish etiladi;
  • 2020 yilda ta’sis etiladigan “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va хalq amaliy san’ati asarlari yillik ijodiy tanlovi oʻtkaziladi;
  • Behzod va uning izdoshlari asarlari, хattotlik san’ati namunalari, zamonaviy miniatyura asarlari koʻrgazmasi hamda ilmiy-amaliy konferensiyasining oʻtkaziladi;
  • “Oʻzbekiston zamonaviy miniatyurasi” katalogi tayyorlanadi va nashr etiladi.

 

Kelgusida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining asosiy binosi atrof hududida qoʻshimcha oʻquv binosi va zamonaviy aхborot-kutubхona markazi, koʻrgazmalar galereyasini oʻz ichiga qamrab oluvchi yordamchi bino quriladi. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar loyiha (ob’yekt) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlashi darkor.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etiladi.

 

Oleg Zamanov.