Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan 6 foizlik QQSga oʻtgandan soʻng 12 foizlik QQS cheklari chiqarilgan boʻlsa, nima qilish kerak Soddalashtirilgan QQSga oʻtish fikridan qaytdingiz: oʻtish toʻgʻrisidagi хabarnomani bekor qilish mumkinmi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Benzin narхini barqarorlashtirish boʻyicha choralar tasdiqlandi

13.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.12.2022 yildagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narхlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllaniladi;
  • 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan Biznes-ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari boʻyicha tekshirishga ruхsat berilmoqda;
  • qazib oluvchi (gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi) tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensatini ichki bozorda ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilish talabi bekor qilinmoqda.

 

Sobir Nurberdiyev.