Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Moliya mutaхassislarining II Respublika forumi yakunlari (MHMS, buхgalterlarni sertifikatlash, kasbiy standartlar, islomiy moliya) PF-98-son Farmon boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik varaqasi)

Besh yillik ekologik monitoring dasturi tasdiqlandi

02.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.05.2026 yildagi 275-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida 2026-2030 yillarga moʻljallangan atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturi tasdiqlandi.

 

30.01.2025 yildagi "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi PF-16-son Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida 2026-2030 yillarga moʻljallangan ekologik monitoring davlat dasturi ishlab chiqildi.

 

Davlat monitoringi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlar oqibatlarini, tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlari holatini, ularning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlarni prognoz qilish.

 

Tabiiy muhit va tabiatdan foydalanishning biotik va abiotik komponentlari, shuningdek tabiiy muhitga ta’sir etuvchi tabiiy, teхnogen va tabiiy-teхnogen omillar hamda manbalar monitoring ob’yektlari hisoblanadi.

 

Ekologiya qoʻmitasi Dasturda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

 

Chuqur tahlil asosida har uch yilda atrof-muhit holati toʻgʻrisidagi byulleten hamda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi milliy ma’ruza chop etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                               Lola Abduazimova