Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatik hisobot: tizim хatoga yoʻl qoʻysa, nima qilish kerak Import operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak – Buxgalter Pro

Bir yilgacha stajda «dekret puli» miqdori – 75%

26.04.2018

 

Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga ishlangan davrga bogʻliq holda homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalar miqdoriga taalluqli oʻzgartirishlar kiritildi. Tuzatishlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi.  

 

Eslatib oʻtamiz. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori ayol ishga qabul qilingan kundan boshlab amalda ishlangan vaqtiga qarab tabaqalashtirilgan:

  • 6 oygacha – oʻrtacha oylik ish haqining 50%i;
  • 6 dan 12 oygacha – 75%i;
  • 12 oydan ortiq – 100%i.

 

Endi esa 6 oygacha boʻlgan ish stajida nafaqalarni toʻlash tartibi bekor qilindi va ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji boʻlganda nafaqaning yagona miqdori belgilandi  – 75% (quyidagi jadvalga qarang). Ya’ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy ishlab «dekret ta’tili»ga chiqqan boʻlsa, uning nafaqasi miqdori  ilgarigidek 50% emas, balki 75%ni tashkil etadi.    

 

 

2018 yilning 5 apreliga qadar

2018 yilning 5 aprelidan boshlab

Amalda ishlangan davr

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori

(oʻrtacha oylik ish haqining)

Amalda ishlangan davr

Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori

(oʻrtacha oylik ish haqining)

6 oygacha

50%i

Bekor qilingan

6 oydan 12 oygacha

75%i

12 oygacha

75%i

12 oydan ortiq

100%i

12 oydan ortiq

100%i

 

Tahririyatdan: qonunchilikning mazkur normasini amalda roʻyobga chiqarishda amaliyotda muammolar kelib chiqadi. Ularning ba’zilari bilan – bu yerda va bu yerda batafsil tanishish mumkin. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Uldawlet :

2020-01-19 12:20:36

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!