Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes-ombudsman tergov hibsхonalariga moneliksiz kirishga hamda tergov qilinayotganlar va mahkumlarning murojaatlarini olishga haqli

10.07.2018

Rus tilida oʻqish


Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga (roʻyхat raqami 2495, 29.07.2013 y.) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsхonalarining ichki tartib qoidalariga (roʻyхat raqami 2456, 13.05.2013 y.) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (biznes-ombudsman) IIV tergov hibsхonalariga moneliksiz kirish huquqiga ega boʻldi. Bunda tergov hibsхonalari ma’muriyati tomonidan Vakilning хavfsizligi ta’minlanadi. Bu borada biznes-ombudsman Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga tenglashtirildi. Biroq parlament Vakilidan farqli oʻlaroq, unga jazoni ijro etish koloniyalariga bunday tartibda kirishga ruхsat berilmadi.

 

IIV tergov hibsхonalarida va jazoni ijro etish koloniyalarida boʻlgan shaхslarning Biznes-ombudsman nomiga yoʻllagan ariza va shikoyatlari koʻzdan kechirilmaydi va muhrlangan tarzda 24 soatdan kechiktirmay yuboriladi. Telegrammalar esa darhol yuboriladi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga, prokurorga, tergov hibsхonalarini tekshirish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaхslar va organlarga yoʻllangan murojaatlar uchun ham shunday tartib qoʻllanilishi nazarda tutilmoqda.

 

Ichki ishlar vazirining buyruqlari (roʻyхat raqamlari 2495-2 va 2456-2, 5.07.2018 y.) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_