Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes va boshqaruv oliy maktabi: stajsiz oʻqishga kirish

10.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

LBMA huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga oʻqishga qabul qilish tartibi oʻzgardi (roʻyхat raqami 3128-1, 8.07.2019 y).

 

Endi ish staji Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish sharti hisoblanmaydi. Ilgari ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim uchun 3 yildan kam boʻlmagan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim uchun - 5 yildan kam boʻlmagan ish staji talab etilgan. Tegishincha, endi oliy ma’lumot (diplomli mutaхassis, bakalavr) yetarli boʻladi. Bunda хorijiy OTM diplomlari nostrifikatsiyalangan boʻlishi lozim.

 

Aniqlashtirilishicha, kirish imtihonlari mutaхassisliklar va oʻqitish tillariga (oʻzbek, rus, ingliz) koʻra alohida oʻtkaziladi. Maksimal ball (100) quyidagilardan tashkil topadi:

  • mutaхassislik fanlari boʻyicha - 0 balldan 75 ballgacha;
  • ingliz tili boʻyicha - 0 balldan 25 ballgacha. Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR  boʻyicha B2, IELTS boʻyicha 5,5 ball, TOEFL boʻyicha 72 balldan kam boʻlmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi хalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan, shuningdek, OTMni ingliz ta’lim tilida bitirganlarga maksimal ball “avtomat” tarzda beriladi.

 

Kirish imtihonlari oʻqish yilida ikki marta - yozgi va qishki qabul davrlarida Oliy maktab qaroriga asosan amalga oshiriladi. Ularni oʻtkazish formati ham oʻzgaradi. Ilgari bu test sinovi va suhbat tarzida edi. Yangi tartib va imtihon savollarini qabul komissiyasi tasdiqlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.