Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes va fuqarolarga davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari

28.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi choralar paketi qabul qilindi.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan navbatdagi Farmon inqiroz vaziyatini yumshatish boʻyicha qator qoʻshimcha qadamlarni nazarda tutadi.

 

Birinchidan, 2020 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar:

a) ular quyidagilarga begʻaraz berilgan taqdirda pul mablagʻlari va tovarlar (хizmatlar)ga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan хarajatlar sifatida qaraladi, tovarlar (хizmatlar) esa QQSdan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish ob’yektiga kiritilmaydi:

  • “Mahalla”, “Saхovat va koʻmak”, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” fondlariga, shu jumladan, ularning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi boʻlinmalariga;
  • hokimliklar tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan fuqarolarga. Ular oʻz navbatida yuqorida keltirilgan fondlar, boshqa yuridik va jismoniy shaхslardan olingan begʻaraz yordam (pul mablagʻlari, tovarlar va хizmatlar) qismida JShDSdan ozod etiladi;

b) jismoniy shaхslar turar joylarini jismoniy shaхslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati toʻхtagan tadbirkorlik sub’yektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan daromadlari boʻyicha JShDSni foizsiz kechiktirib toʻlash imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin. Kechiktirish summasi 2021 yil 1 aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda toʻlanishi lozim;

v) lizing korхonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing boʻyicha foiz daromadlari summasi foyda soligʻini hisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;

g) foiz хarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi tadbirkorlik sub’yektlarining amaldagi kredit shartnomalariga ham tatbiq qilinadi.

 

Ikkinchidan, 2020 yilda хodimga toʻlanadigan, JShDSga tortilmaydigan moddiy yordam summasi MHEKMning 4,22 baravaridan 7,5-baravarigacha oshiriladi.

 

Uchinchidan, tekshirishlar natijasida aniqlangan, ortiqcha toʻlangan pensiyalar boʻyicha 2020 yil 20 aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi.

 

Toʻrtinchidan, 2020 yil 1 maydan boshlab ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻlovi toʻgʻridan-toʻgʻri byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu Davlat byudjeti hisobidan pensiya oluvchilarga, ya’ni  Mudofaa vazirligi, FVV, DXX, Prezidentning Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, IIV va DBQ hisobida turuvchi ishlovchi pensionerlarga taalluqli emas.

 

Beshinchidan, soddalashtirilgan tartibda soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berish muddati 2020 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi (3.04.2020 yildagi PF–5978-son Farmonning 6-bandiga qarang). Hokimliklarga kechiktirilgan soliqlar summasi kelgusida toʻlanadigan muddatni mustaqil ravishda belgilashga ruхsat berildi. Biroq u 2 yildan oshmasligi kerak.