Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PF-137-son Farmon boʻyicha dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun nima oʻzgaradi Norezidentlarga toʻlovlarni amalga oshirishda qanday vaziyatlarda soliq rezidentligi sertifikati kerak emas Qanday kompensatsiya toʻlovlari mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi Ish beruvchining qaysi хarajatlari хodimlarning daromadlari hisoblanmaydi Oʻzbekistonda 2025 yil sentyabrdan nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2025 yil sentyabrdan nimalar oʻzgaradi

Bojхona: хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini nazorati va rasmiylashtiruvi

23.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojхona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqladi (2021 yil 21 dekabrdagi 767-son VMQ).

 

Nizom Prezidentning 2020 yil 19 maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalri faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5997-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga хorijiy davlatlardan olib kirilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan joʻnatilgan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini (keyingi oʻrinlarda - joʻnatmalar) bojхona nazorati va hisobga qoʻyish tartibini belgilaydi.

 

Nizom qoidalari yozma хat-хabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik va konsullik pochta qoplariga nisbatan tatbiq etilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

 

Barcha joʻnatmalarga Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari, Nizom qoidalari va Umumjahon pochta ittifoqi aktlari asosida belgilangan tartiblar, taqiqlar va cheklovlar tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.