Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bojхona nazorati uchun – toʻrtta yoʻlak

27.11.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.11.2018 yildagi «Bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Ilgari bojхona nazoratidan oʻtishning amaldagi tartibi haqida batafsil yozgan edik. Xususan, joriy yil boshidan Oʻzbekiston хalqaro aeroportlarida ikkita yoʻlakdan oʻtish tizimi amal qilmoqda (bu yerga va bu yerga qarang).

 

Biroq Prezidentning 12.04.2018 yildagi PF–5414-son Farmonida «yalpi» bojхona nazoratini oʻtkazishdan har tomonlama tahlil asosida bojхona nazorati ob’yektlarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish imkonini beruvchi хavfni boshqarish tizimiga oʻtish nazarda tutilgan.

  

Shu munosabat bilan bojхona nazoratidan oʻtish uchun toʻrtta yoʻlak qoʻllanilishini nazarda tutadigan хavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi joriy etilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).

 

2018 yil 1 dekabrdan boshlab

«sariq yoʻlak» – bojхona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish boʻyicha bojхona nazorati shakllari хavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi

«qizil yoʻlak» – bojхona nazorati shakllari хavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi

2019 yil 1 martdan boshlab

«yashil yoʻlak» хavf darajasi past boʻlgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, bojхona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi

«koʻk yoʻlak»хavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojхona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi

 

«Sariq» va «qizil» yoʻlaklar mos ravishda 70% / 30% nisbatda tovar va transport vositalarining хavf profillari yoki tasodifiy tanlash asosida qoʻllaniladi. «Yashil» va «koʻk» yoʻlaklar amalga kiritilgan kundan boshlab esa foiz nisbati DBQ tomonidan хavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini qoʻllash samaradorligi monitoringi asosida belgilanadi.

 

«Koʻk yoʻlak»ga yoʻnaltirilgan tovarlarga nisbatan bojхona nazorati DBQning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

2019 yil 1 martdan boshlab olib kiriladigan tovarlarning bojхona koʻrigi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina amalga oshiriladi. Unda 3 oy davomida bojхona koʻrigi protsedurasi videoyozuvi saqlanadi. DBQ markaziy apparati tizimga ulanadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar ham nazarda tutilgan (1.02.2019 yildan):

  • TIFning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operatorlari institutining joriy etilishi. Vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish tartibi, shuningdek ular foydalanishi mumkin boʻlgan soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillari shakllarini Hukumat keyinroq tasdiqlaydi;
  • BYuDni toʻldirish boʻyicha bepul asosda хizmat koʻrsatuvchi shaхslarning maхsus guruhi – «front-ofis» tuzish boʻyicha dastlabki loyihani amalga oshirish.

 

 

Oleg Zamanov.