Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
4 kv (Savolnoma) shaklini topshirish muddati bir haftaga qisqartirildi 4 dх va 4 fх (choraklik) shaklidagi statistika hisobotlarini topshirish muddati uzaytirildi Import qilingan dori vositalarini bojхona qiymatidan past narхda realizatsiya qilishda bir tomonlama EHF: teхnik muammo hal etildi Neft mahsulotlari boʻyicha aksiz hisobotini avtomatik shakllantirish oktyabr oyida yoʻlga qoʻyiladi Chek-varaq: chorakni хatosiz qanday yakunlash mumkin – Buxgalter Pro

Bola tugʻilganida bir martalik nafaqa kimlarga toʻlanadi

07.03.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.03.2024 yildagi VMQ-110-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

  • birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
  • ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

 

Qolgan barcha holatlarda nafaqa toʻlanmaydi.

 

Nafaqa olish uchun arizani davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.

 

Oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qaroriga 4-ilova – “Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti”ga kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

   Sobir Nurberdiyev