Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalar bogʻchalarining faoliyati oʻrganilib, maqbullashtiriladi

15.05.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.05.2019 yildagi «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 391-son qarori shunga yoʻnaltirilgan.

 

Soha vazirlik va idoralariga davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish va uni maqbullashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi. 

 

Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qoʻshma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklari qayta koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek Nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom qayta koʻrib chiqiladi.

 

2019 yil 1maydan boshlab davlat koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog va tibbiyot хodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi. 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ushbu tashkilotlar tarbiyachilari yordamchilari, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog va tibbiyot хodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga хuddi shunday miqdorda qoʻshimcha haq toʻlana boshlaydi.   

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi nizom;
  • Koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qoʻshma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Bolalarni koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiya toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjatlarda ushbu tashkilotlarning maqsad va vazifalari, ularni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish tartibi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, bolalarni qabul qilish va undan chiqarish, moliyalashtirish va boshqalar qayd etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.