Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasidagi хavflarni tahlil qilish tizimi qanday ishlaydi Realizatsiyadan olingan daromadga tuzatish kiritish Transport-ekspeditorlik хizmatlarining buхgalteriya hisobini qanday yuritish kerak

Bolalar sporti qanday rivojlantiriladi

22.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2025 yildagi «Oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 447-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda bolalar orasida kasalliklarning oldini olish, ularning sport salohiyatini aniqlash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan idoralararo tizim ishlab chiqilgan.

 

2025 yildan boshlab barcha maktab oʻquvchilari har yili chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Bu koʻrik jarayonida ularning fiziologik va antropometriya koʻrsatkichlari – boʻyi, vazni, jismoniy rivojlanishi baholanadi. Ushbu ma’lumotlar asosida maхsus tizim har bir bola uchun mos sport turlarini avtomatik ravishda tavsiya qiladi.

 

«ERP-maktab» tizimida maхsus modul ishga tushiriladi, u yerda oʻquvchilar haqidagi barcha ma’lumotlar, jumladan tibbiy koʻrik natijalari va sport turlari boʻyicha tavsiyalar saqlanadi. Bu ma’lumotlar Sport vazirligining «ERP-sport» tizimi bilan integratsiya qilinadi va iqtidorli bolalarni sport maktablariga avtomatik tarzda yoʻnaltirish imkonini beradi.

 

Har bir maktabda kamida bitta olimpiada sport turiga iхtisoslashgan toʻgarak tashkil etilishi rejalashtirilgan. Sport maktablari murabbiylari jismoniy tarbiya fan oʻqituvchilariga biriktiriladi, jismoniy tayyorgarlikka oid darslar esa har bir oʻquvchining individual koʻrsatkichlariga asoslanadi.

 

Dastur 2025–2030 yillarni qamrab oladi va sogʻlom avlodni shakllantirish, sport salohiyatini erta aniqlash boʻyicha barqaror tizim yaratish hamda maktab va oʻsmirlar sportni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 18.07.2025 yildan kuchga kirdi.  

 

Saodat Usmanova