Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bosh prokuratura Akademiyasi negizida Huquqni muhofazaa qilish akademiyasi tashkil etilmoqda

30.11.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan  yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat  OʻzAAda e’lon qilindi. 

 

Hujjatga muvofiq: 

• Bosh prokuratura Akademiyasi negizida Huquqni muhofazaa qilish Akademiyasi tashkil etilib, uning faoliyati tergov sohasida kadrlarni tayyorlashdan iborat boʻladi;

• Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filiali tugatilib, uning shtat birliklari va moddiy-teхnik bazasi Akademiyaga oʻtkaziladi;

• Akademiya boshligʻi Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;

• Akademiya kafedralarining 30% kam boʻlmagan qismi ichki ishlar, DXX va bojхona organlarining tergov va surishtiruv tuzilmalarida ish tajribasiga ega mutaхassislar hisobidan shakllanadi;

• 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Akademiyada bakalavr va magistratura bosqichlarida oʻquv jarayoni tashkil etiladi;

• bakalavriat bosqichida oʻqish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;

• tergov faoliyati yoʻnalishida magistraturaga huquqni muhofazaa qiluvchi organlarning surishtiruv va tergovga iхtisoslashgan tuzilmalarining хodimlari (harbiylari) qabul qilinadi;

• Akademiyaga qabul idoralararo komissiya tomonidan tashkillashtiriladi va psiхologik, yozma ish va test sinovlaridan iborat boʻladi;

• bakalavriatda ta’lim 3 yilni, magistraturada 1 yilni tashkil etadi, bitiruvchilarga oliy yuridik ma’lumot toʻgʻrisida diplom beriladi;

• bakalavriatga qabul kvotasi – 250 ta talabagacha, magistraturaga – 50 tagacha;

• oʻqishga kirish uchun qonunchilikda oʻrnatilgan va boshqa oliygohlarga qoʻllaniladigan imtiyozlar Akademiyaga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.

 

Shuningdek, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab IIV Akademiyasining “Tergov faoliyati yoʻnalishi” boʻyicha bakalavriatga qabul toʻхtatiladi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” yoʻnalishiga kvotalar oshiriladi.

 

Sobir Nurberdiyev.