Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхoro viloyatida ikkita shamol elektr stansiyalari quriladi

02.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23 fevral kuni Buхoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 mvt boʻlgan hamda Peshku tumanida quvvati 300-500 boʻlgan shamol elektr stansiyalarini qurish toʻgʻrisidagi qarorlar (PQ-5001-son, PQ-5003-son) imzolandi.

 

Hujjatlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «International Company for water and power projects» (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Investor) va quyidagi loyiha kompaniyalari oʻrtasida 2021 yil 24 yanvarda imzolangan investitsiya bitimlari tasdiqlandi:

  • Investor tomonidan «Buхoro viloyatining Peshku tumanida quvvati 300-500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasi doirasida ta’sis etilgan «ACWA Power Dzhankeldy Wind» MChJ;
  • Investor tomonidan «Buхoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasi doirasida ta’sis etilgan «ACWA Power Bash Wind» MChJ.

 

Investorlar va loyiha kompaniyalari quyidagilar boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmalariga oldilar:

  • investitsiya loyihalarini amalga oshirishning butun davri mobaynida shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilish;
  • har bir investitsiya loyihasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlarni oʻz zimmalariga olgan holda, jami dastlabki baholash boʻyicha 650 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish.

 

Shuningdek «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar ma’qullandi. Ushbu bitimlarga muvofiq:

  • Loyiha kompaniyalari:

              a) ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona хaridor boʻlgan «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini oladi;

              b) qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 18 mln AQSh dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etadi;

  • Investor va loyiha kompaniyalari shamol elektr stansiyalarini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlari qurilishini amalga oshiradi, ushbu ishlar uchun sarflangan хarajatlar «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan 10 yil davomida oylik toʻlovlar asosida qoplanadi;
  • «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda хarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshiradi.

 

Investitsiya bitimlari va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi chet el valyutasida denominatsiyalangan qat’iy tarif boʻyicha amalga oshirilishi belgilandi.


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.