Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Byudjet tashkilotlari boʻsh mablagʻlarini oʻzlari mustaqil banklarga joylashtirishlari mumkin

30.05.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi 383-son qarori bilan byudjet tizimining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi.

 

Ilgari amal qilgan tartib kuchini yoʻqotdi. Yangi tahrir joriy etilishi bilan ta’riflanayotgan taomil qanday oʻzgarganini koʻrib chiqamiz.

 

Birinchidan,  Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi (keyingi oʻrinlarda – YaGʻH) vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish boʻyicha yagona organ etib belgilandi. Ilgari bu funksiyani Moliya vazirligi bajargan. Eslatib oʻtamiz, YaGʻHga Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari oʻtkaziladi.

 

Ikkinchidan, davlat maqsadli jamgʻarmalari va byudjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalarga, shuningdek byudjet tashkilotlariga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga oʻzlari mustaqil joylashtirish yoki buning uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga buyurtmanomalar takdim etish huquqi berildi (ilgari bunday mablagʻlar faqat Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan). Buyurtmanomada joylashtirish hajmi va muddati (12 oygacha) majburiy tartibda koʻrsatiladi. Bunda boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar 2 ish kuni mobaynida toʻliq hajmda ularning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

 

Uchinchidan, depozitlarga mablagʻlarni joylashtirishdan oldin endi Gʻaznachilik kelgusi chorak uchun joylashtirilishi rejalashtirilayotgan boʻsh mablagʻlar hajmi toʻgʻrisidagi ma’lumotni Markaziy bankka taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida Markaziy bank joylashtiriladigan boʻsh mablagʻlarning eng yuqori hajmi va eng kam foiz stavkasini belgilaydi.

 

Toʻrtinchidan, ularning depozitlarida boʻsh byudjet mablagʻlari joylashtirilishiga talabgor boʻlgan tijorat banklariga talablar ham oʻzgardi. Endi ularning ustav kapitalida davlat ulushining mavjud boʻlishi muhim emas. Biroq har yillik tashqi audit ijobiy хulosasi zarur boʻladi. Bundan tashqari, ilgarigidek, bankda Gʻaznachilik tomonidan ilgari joylashtirilgan depozitlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikning yoʻqligi inobatga olinadi.

 

Beshinchidan, depozit summasiga eng yuqori daromad foizini taklif etganlar orasidan bank-gʻolibni aniqlash tartibi oʻzgardi. Agar ilgari ustav kapitalida eng koʻp davlat ulushiga ega bankka ustunlik berilgan boʻlsa, endilikda eng manfaatli taklifni birinchi taqdim etgan bank gʻolib sanaladi. Shu bilan birga joylashtirish jarayonida inson omilini istisno qilish uchun banklar takliflarini elektron tanlash boʻyicha dasturiy mahsulot ishlab chiqilmoqda.

 

Oltinchidan, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar umumiy miqdorining 20%i endi Moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.


 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_