Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chempionlarga oylik toʻlovlar toʻlanadi

14.08.2017

 

Nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan vatanimiz sportchilarini va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3196-son qarorida nazarda tutilgan. Hujjat imzolanganligi haqida davlat rahbari saytida хabar beriladi.

 

Kelasi yilning 1 yanvaridan boshlab nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarga oylik toʻlovlar, ularning trenerlariga esa bir martalik pul mukofoti toʻlanadi.

 

Bundan tashqari, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanishlari mumkin.

 

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindorlar boʻlgan sportchilar uchun toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari JShDSsiz amalga oshiriladi.

 

Toʻlovlar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun Davlat sport qoʻmitasiga ajratiladigan Davlat byudjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Davlat sport qoʻmitasi taqdimnomasiga binoan Olimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari хususiy  sport muassasalarini tashkil etish uchun “nol” qiymatida boʻsh bino va inshootlar beriladi hamda aholi zich joylashgan hududlardan yer uchastkalari ajratiladi. Bunda asosiy shart - sport yoʻnalishidagi faoliyatni saqlab qolish hisoblanadi. Buning uchun banklar imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar ajratadi.

 

Hujjat alohida muassasa va idoralarga qator topshiriqlarni oʻz ichiga olgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.