Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chet el fuqarolarini Oʻzbekistonga YaIDXP orqali taklif qilish mumkin

08.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.11.2023 yildagi 589-son qarori bilan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

 

Reglamentga asosan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekistonga taklif qilish uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qilish lozim.

 

Reglament quyidagilarni belgilaydi:

  • chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni taklif qilish uchun ariza bilan murojaat qilish tartibini;
  • ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini;
  • chet el fuqarolarini taklif qilish boʻyicha QR-kod bilan himoyalangan taklifnomalarni rasmiylashtirish va ariza beruvchiga taqdim qilishni.

 

Ariza beruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekistonga taklif qilish uchun oʻz хohishiga koʻra doimiy yoki vaqtincha roʻyхatdan oʻtgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan vakolatli organga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat хizmatidan elektron shaklda foydalanadi.

 

Davlat хizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi. 

 

Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi avtomatlashtirilgan aхborot tizimi yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi.

 

Ma’qullangan ariza boʻyicha bir ish kuni davomida taklifnoma rasmiylashtiriladi (QR-kod bilan) hamda u ariza beruvchiga taqdim etiladi yoki ariza beruvchining YaIDXPdagi shaхsiy kabinetiga yuboriladi.

 

Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.