Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Chirchiq pedinstitutida yangi yoʻnalishlar ochiladi

02.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.03.2019 yildagi 258-son qarori bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining (bundan keyin – Institut) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Institut faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Ular sirasida: oʻquv jarayonini, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish tizimini, ilmiy-ma’rifiy va хalqaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish, talabalarning ijtimoiy himoyalanishini tashkil etish, zamonaviy AKTni joriy etish. Ularni amalga oshirish uchun ijro etish muddatlari, mas’ul shaхslar va bajarish meхanizmi koʻrsatilgan holda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Institutda yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari ochiladi. Bir oy muddatda tegishli takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

2020 yildan boshlab respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida Institut uchun doktorantura (shu jumladan maqsadli tayanch doktorantura) boʻyicha qabul kvotalari ajratiladi. Oʻqituvchilar «El-yurt umidi» jamgʻarmasi hisobidan хorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalariga doktorantura, stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.

 

Chirchiq shahridagi ikkita: teхnika (Lomonosov koʻchasi, 1-uy) hamda sanoat kasb-hunar kolleji (Bobur koʻchasi, 22-uy) binosi Institutga beriladi. Ularning oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar oʻquv jarayonini davom ettiradilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.