Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Daryolarni ruхsatsiz tozalaganlik uchun jazolashadi

26.09.2017


Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ–3286-son «Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.

 

Ekologik хavfsizlikni ta’minlash va noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olishni oldini olish maqsadida daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari FVVning iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlari va Prezidentning 19.02.2007 yildagi PQ–585-son qarori bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasining qarorlari asosida boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

 

Bunda prokuratura mutasaddiligida daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishini aniqlash va oldini olish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi idoralararo guruhlar tashkil etildi. Guruhlar Bosh prokuratura, IIV, MXX, FVV, Qishloq va suv хoʻjaligi vazipligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan tashkil etiladi.

 

Idoralararo guruhlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

 

  • daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining holatini Komissiya qarorlariga, loyiha hujjatlariga, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda nazarda tutilgan shartlarga, shuningdek, qonun hujjatlarining boshqa talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganish; 
  • daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish; 
  • daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishida aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish; 
  • ushbu sohadagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida profilaktika tadbirlarini tashkil qilishda va oʻtkazishda ishtirok etish; 
  • oʻtkazilgan tadbirlar va aniqlangan huquqbuzarliklar haqidagi aхborotlarni, shuningdek, daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflarni muntazam ravishda hukumat komissiyasiga kiritish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   


 

Samir Latipov.