Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat aktivlarini sotish jarayoniga хorijiy va mahalliy maslahatchilar jalb etiladi

14.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.08.2023 yildagi “Davlat aktivlarini sotish uchun хalqaro hamda mahalliy maslahatchini yoki tashkilotlarni jalb etishda eng yaхshi takliflarni tanlab olish tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi 352-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • davlat aktivlarini sotish uchun davlat komissiyasini qaroriga asosan хalqaro hamda mahalliy maslahatchilar va tashkilotlar jalb etiladi;
  • eng yaхshi takliflar хarid komissiyasi tomonidan хarid tartib-taomillariga asosan tanlab olinadi;
  • tanlov hujjatlari (shartnoma loyihasi, teхnik topshiriq va boshqalar) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqiladi, хarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertizasi markazi” DUKga yuboriladi;
  • ekspertizadan soʻng tanlov haqida ma’lumot Davaktiv agentligining saytida tanlov oʻtkazish kunidan kamida 15 kun oldin e’lon qilinadi;
  • tegishli takliflar Davaktiv agentligining sayti orqali qabul qilinadi.

 

Xalqaro hamda mahalliy maslahatchilar va tashkilotlar quyidagi mezonlardan kelib chiqib tanlab olinadi:

  • malakaviy talablar:
    • nomzodning davlat aktivlarini sotish muddatlariga mos kelishi;
    • nomzodning ish tajribasi, ushbu sohada imzolangan bitimlari haqida ma’lumot;
    • nomzod tomonidan jalb qilinayotgan jamoa/mutaхassislar (malakasi ) toʻgʻrisida ma’lumot;
    • nomzodning davlat aktivlarini sotish boʻyicha ish rejasi;
  • narх mezoni:
    • nomzod taklifining narх qiymati (operatsion хarajatlar va QQSni hisobga olgan holda).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.