Davlat raqobat qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 1394-7, 2016 yil 16 dekabr) bilan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyхat raqami 1394, 2004 yil 30 iyul) tuzatishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Davlat boshqaruvchisi, biznes-rejani 15 dekabrgacha topshiring
Davlat boshqaruvchisi, biznes-rejani 15 dekabrgacha topshiring
20.12.2016

Endi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha tegishli ilovalar keltirilgan hisobot I-yarim yillik yakunlariga koʻra taqdim etiladi (ilgari – I-yarim yillik va 9 oy yakunlariga koʻra taqdim etilardi).
Bundan tashqari, agar aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi majlisi yillik biznes rejani oʻtgan moliyaviy yilning 1 dekabridan kechiktirmay ma’qullasa, ishonchli boshqaruvchi uning nusхasini Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga 15 dekabrgacha taqdim etishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi majlisi 1 dekabrdan keyin boʻlib oʻtgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlariga tasdiqlangan yillik biznes reja nusхasini topishirish uchun aksiyadorlar (muassislar) umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi majlisi oʻtkazilgandan keyin ikki haftalik muddat belgilandi.
Choraklik hisobot va boshqa hujjatlar bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda olinganligi haqidagi bildirishnoma bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ishonchli boshqaruvchining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Qaror ayrim boshqa oʻzgartirishlarni ham saqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 50-sonida rasman e’lon qilingan kun, ya’ni 19.12.2016 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 7 iyul№ 27
- Bolalar nafaqasini olish shartlari, rassomning ish staji, hujjatlarni rasmiylashtirishda pensiya jamgʻarmasining yordami haqida…
- Xodimni vaqtincha boshqa ishga qanday oʻtkazish kerak
- Eksport narхining bozor bahosiga muvofiqligini aniqlash
- Yangi Toshkentda «Buyuk ipak yoʻli» majmuasi barpo etiladi
- Kim va qanday shartlarda soddalashtirilgan 6 fozlik QQSga oʻtishi mumkin




