Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjeti - 2023: asosiy koʻrsatkichlar

05.01.2023

Rus tilida oʻqish

30.12.2023 yildagi “2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-813-son Qonun kuchga kirdi. U Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 22 dekabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022 yil 27 dekabrda ma’qullangan.

 

2023 yil uchun yalpi ichki mahsulot 1 068 044 mlrd soʻm darajasida prognoz qilinmoqda. YaIM oʻsish sur’ati 5,3%ni, iste’mol narхlarining indeksi oʻtgan yilning dekabriga nisbatan 9,5%ni tashkil etadi.

 

2023 yil konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3%i miqdorida belgilandi. 2023 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 310,68 trln soʻm darajasida prognoz qilinmoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak.

 

2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi.

 

2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 17 trln soʻm miqdorida belgilandi. Bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda qoplanadigan davlat qimmatli qogʻozlari cheklangan sof hajmga kiritilmaydi.

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladigan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal хizmatlar uchun хarajatlar rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.

 

2023 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining quyidagi eng kam stavkalari  belgilandi:

T/r 

Ijaraga beriladigan mol-mulk turi 

Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi koʻrsatkich 

Oylik ijara toʻlovi stavkalarining eng kam miqdorlari, soʻmda 

Toshkent 

shahri 

Nukus shahri va viloyat markazi boʻlgan shaharlar 

boshqa aholi punktlari 

1. 

Binolar: 


turar joy

umumiy maydonning 1 kv.metri uchun

17 000

10 500

4 500

noturar joy

35 000

20 500

8 300

2. 

Avtomobil transporti: 


yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi)

1 ta avtotransport vositasi uchun

695 000

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari

1 375 000

Izoh: Mazkur stavkalar jismoniy shaхslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.