Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat byudjeti хarajatlari oshirildi

24.12.2021

Rus tilida oʻqish

22.12.2021 yildagi OʻRQ-738-son Qonun bilan «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan:

a) 2021 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 6,5%ini tashkil etadi;

b) quyidagi хarajatlar oshirildi:

  • davlat maqsadli jamgʻarmalarining хarajatlari 41 226 950,3 mln soʻmgacha;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining хarajatlari 26 746 490 mln soʻmgacha.

v) 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari oshirildi. Respublika byudjetidan ularga jami 162 837 498,1 mln soʻm ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.