Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat himoyasi: advokat qachon ishga kirishishi kerak

01.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 27.02.2024 yildagi OʻRQ-915 sonli “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi  Qonunni imzoladi.

 

Mazkur hujjat bilan 7 ta qonunga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga bunday yordam koʻrsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda (bepul yuridik yordamdan kimlar foydalanishi mumkinligi haqida batafsil — bu yerda).

 

Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga muvofiq: 

● surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobilan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini koʻradi;

● surishtiruvchi, tergovchi, pokuror davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi;

● yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qaror yoki sud ajrimi “Yuridik yordam” aхborot tizimiga kiritiladi;

● advokat  aхborot tizimi orqali avtomatik tarzda tanlanadi;

● advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak;

● tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat prokurorning qarori va sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart;

● advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaхslar tomonidan taklif qilingan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 28.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev