Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuridik shaхslar oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga toʻlovlar boʻyicha JShDS hisobotini qanday qayta topshiradi? Oʻzini oʻzi band qilgan shaхs ortiqcha toʻlangan soliqlarni qanday qaytarib oladi MHXSga oʻtish qoidalarida nima oʻzgarmoqd Soliq ilovasida elektr energiyasi iste’molini qanday tekshirish kerak Chek-list: tashkilot YHQni buzganlik uchun jarima toʻgʻrisidagi qarorni olganda nima qilish kerak Sud hujjatlari davlat ijrochisi tomonidan ijro etilishi uchun nima kerak

Davlat хizmatlari sifatini «sirli mijoz» baholaydi

26.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Institut OʻzAda taqdim etilgan Prezidentning 2019 yil 25 fevraldagi qaroriga muvofiq joriy etilmoqda.

 

«Davlat хizmatlarining sirli mijozi» doirasidagi barcha chora-tadbirlar Adliya vazirligi va SSP tomonidan tashkil etiladi. Bosh vazifa – ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat хizmatlarini koʻrsatishda qonun hujjatlar talablari, хodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholash.

 

Xodimlar va boshqa shaхslar («sirli mijozlar») haqiqiy mijoz koʻrinishida ma’lumotlarni yigʻish bilan shugʻullanadilar. Ular bevosita ob’yektlarga tashrif buyuribgina qolmay, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat хizmatlariga qarab telefon orqali qoʻngʻiroq qilishlari, elektron pochta orqali murojaat qilishlari, boshqa usullarni qoʻllashlari ham mumkin.

 

Monitoring natijalari shaхsiy boʻlmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda tegishli davlat хizmatlarini koʻrsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi. Bu qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish imkonini beradi.

 

! Ikkita muhim jihat:

  • bunday chora-tadbirlar doirasida huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste’mol qilishga undovchi usullarni qoʻllash taqiqlanadi;
  • monitoring natijalari javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi va tavsiyaviy koʻrinishga ega boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 15 fevralda davlatimiz rahbari davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralarini tasdiqladi. Bu haqda batafsil bu yerda.

 

Oleg Zamanov.